Konferensiyaning 2-kuni ham mazmunli o‘tdi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha BMT konferensiyasi ishtirokchilari anjumanning ikkinchi kunida ham bir qator tadbirlarda ishtirok etdi.
Investitsiya forumining yalpi yig‘ilishidan so‘ng V2V uchrashuvlariga navbat berildi. Dunyoning turli qit’alaridan, 30 ga yaqin davlatdan yurtimizga kelgan ishbilarmon doiralar vakillari, yetakchi kompaniyalar mas’ul xodimlariga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblari bilan muloqot qilish, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish imkoni taqdim qilindi.
Anjuman dasturidan o‘rin olgan "Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadqiqotlar va innovatsiyalar" mavzusidagi ilmiy forum ham ishtirokchilar, ekspertlarda jiddiy qiziqish uyg‘otdi.


G‘. Xonnazarov, N. Haydarov (surat), O‘zA