Konferensiyalar ligasi: "Bashakshehir" o'z maydonida Finlyandiya klubi bilan durang o'ynadi
Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 69-daqiqada almashtirildi. Abbosbek Fayzullayev 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
UEFA Konferensiyalar ligasi saralashining ikkinchi bosqichi doirasida Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi o'z maydonida Finlyandiyaning "Inter Turku" jamoasini qabul qildi.
Bahsda durang qayd etildi - 1:1.
Istanbulliklar safida uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshladi va 69-daqiqada almashtirildi. Abbosbek Fayzullayev esa 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Bahsda dastlab hisobni mehmonlar ochishgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda turk jamoasi vakili Bayram muvozanatni tikladi. Shu tariqa bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 30-iyul kuni Finlyandiyada bo'lib o'tadi.
Yevropa Konferensiyalar Ligasi (Saralash bosqichi)
«Istanbul Bashakshehir» (Turkiya) — «Inter Turku» (Finlyandiya) — 1:1
Gollar: Jepta 16 (0:1), Eren Bayram 54 (1:1).
«Istanbul Bashakshehir»: Muhammed Shengezer, Omer Ali Shahiner, Eren Bayram, Usseynu Ba (Djerom Opoku, 61), Mixal Karbovnik, Umut Gyunesh, Olivye Kemen, Yunus Malli (Brat Jozvyak / Yusuf Sari), Eldor Shomurodov (Nunu Da Koshta, 69), Ivan Brnich (Abbosbek Fayzullayev, 61), Bertug Yыldыrыm (Davi Zelke, 69).