Kolumbiya Eron bilan diplomatik munosabatni uzdi
Kolumbiya 2026-yil 19-sentabrdan boshlab Eron bilan diplomatik munosabatni rasman to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan.
Ushbu chora mamlakat milliy manfaati hamda G‘arbiy yarim shar xavfsizligidan kelib chiqqan holda qabul qilingani ta’kidlangan.
Shuningdek, qarorga Hurmuz bo‘g‘ozi yopilishi hamda Eron yadroviy dasturini tekshirish bo‘yicha Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik – MAGATE faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA