Ko‘kalamzorlashtirish ishlari nazoratga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov rahbarligida Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda tegishli ro‘yxat asosida hududlarga biriktirilgan vazirlik, idora va tashkilot rahbarlarining har biri bilan alohida suhbatlashildi. Ishlarni to‘g‘ri va sifatli tashkil etish, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuroriga biriktirilgan 4 ta tumanda 35 ta yo‘nalishga mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlarni traktor hamda maxsus texnikalar bilan to‘liq ta’minlash vazifalariga e’tibor qaratildi.

Ushbu vazifa va topshiriqlarni ijrosini ta’minlashda ishlarni dastlab hududni yovvoyi va begona o‘tlardan tozalash, chiqindilarni olib chiqish, yerlarni ekishga shay holatga keltirishdan boshlab, iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash, manzarali va mevali ko‘chatlarni joylarga to‘g‘ri taqsimlash borasida topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA