Ko‘hna Samarqand OTB tadbirlari orqali mavqeini yanada oshiradi – viloyat hokimi (+video)
Bugun tarixiy voqelik ostonasida turibmiz. O‘zbekiston yana yirik xalqaro tuzilma tadbiriga mezbonlik qilmoqda.
Samarqand shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig‘ilishi boshlanish arafasida.
“Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik majmuasidagi Kongress markazida moliyaviy institutlar rahbarlari, iqtisodiyot vazirlari, biznes vakillari hamda xalqaro ekspertlar jam bo‘lishgan.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev nufuzli anjuman ochilish sessiyasi oldidan O‘zA muxbiriga maxsus intervyu berib, kutilayotgan natijalar, delegatlar ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq muhim masalalarga to‘xtaldi.
– Prezidentimiz Samarqandga shunday sharoitlar yaratib berdilarki, bugun ushbu shahar keng miqyosdagi xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilishga tayyor. Birgina misol, aprel oyining o‘zida yettita xalqaro darajadagi tadbirlar o‘tkazildi. Yil davomida yana ko‘plab yig‘ilishlarga tayyorlanyapmiz. OTB tadbirlarini butun dunyo kuzatib turibdi. O‘zbekiston, Samarqand mazkur anjuman orqali o‘z imkoniyatlarini yanada oshiradi, – dedi hokim.
Intervyuni batafsil ijtimoiy tarmoqlarimizda tomosha qiling.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/RsRqxZzfSYw?si=cndv7nmg6cGpDPTz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Musulmon Ziyo,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video),
O‘zA