Ko‘chatlar jaziramada qurib qolmaydi
“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot" yilining bahorgi ko‘chat ekish mavsumida Jizzax viloyatida reja bo‘yicha 9 million 842 ming 500 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi. Amalda 10 million 280 ming tup ko‘chat ekildi.
Arnasoyda ham 741 ming 200 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Xalqimizning "Ko‘chat ekkan savob, niholni ko‘kartirgan esa ikki karra savob oladi" degan purma’no gapi bor. Buni juda yaxshi anglagan Arnasoy ahli har tup ko‘chat parvarishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tumanda davlatimiz rahbarining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doimo nazoratda. Ayni issiq kunlarda Arnasoydagi jamoat parklari, yo‘l chetlari hamda mahallalar hududida ekilgan daraxt ko‘chatlarining har tupini asrab-avaylash, ularning qurib qolishining oldini olish maqsadida sug‘orish ishlari keng ko‘lamda tashkil etilgani alohida tahsinga loyiq.

A. Qayumov,
J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari