Kobuldagi terrorchilik qurbonlari 110 kishiga yetdi
Kobul aeroportida uyushtirilgan terrorchilik qurbonlari 110 kishiga yetdi, deb yozmoqda RIA Novosti Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi manbalariga tayanib.
Yana 1 ming 338 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Kecha Kobul aeroporti hududida ikkita portlash sodir etildi. Ushbu terrorchilik oqibatida odamlarning evakuatsiyasini ta’minlayotgan 13 nafar amerikalik askar ham hayotdan ko‘z yumgan.
Bu amerikaliklarning 2020 yildan buyon birinchi jangovar yo‘qotishi bo‘ldi. Umuman, kechagi teraktlar oqibatida 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.