Kobuldagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi
Bugun – 19 aprel kuni ertalab Afg‘oniston poytaxti Kobulda ikkita portlash ro‘y berdi.
“RIA Novosti”ning mahalliy axborot manbalari ma’lumotiga asoslangan xabariga ko‘ra, shaharning g‘arbiy qismida joylashgan maktab va ta’lim markazi hududida sodir etilgan portlatish oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishi jarohatlangan.