“Koʻrinmas dushman” bilan “jang” davom etmoqda
Aytish joizki, mamlakatimizda joriy etilgan karantin va oʻzini himoyalash choralari, olib borilayotgan keng koʻlamdagi dezinfeksiyalash tadbirlari virus bilan kurashishda yaxshi samara bermoqda.
Aytish joizki, mamlakatimizda joriy etilgan karantin va oʻzini himoyalash choralari, olib borilayotgan keng koʻlamdagi dezinfeksiyalash tadbirlari virus bilan kurashishda yaxshi samara bermoqda.
Xususan, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlari markazlarida koronavirusga qarshi dezinfeksiya boʻyicha hamkorlikdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazib keliayapti. Bu safar oʻquv mashgʻuloti tuman markazlarining dehqon bozorlari, yirik savdo majmualari va aholi yashash joylarida oʻtkazildi.
Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.
Harbiy texnikalarga oʻrnatilgan akustik tizimlar orqali aholi oʻrtasida pandemiya tarqalishining oldini olish va joriy etilgan karantin qoidalariga amal qilishga daʼvat etuvchi eshittirishlar qoʻyilib, ogohlik va hushyorlikni oshirishga chorlovlar yangradi.
Kun davomida boʻlinmalar tomonidan hamkorlikda 100 minglab kvadrat metr boʻlgan hududlarda “koʻrinmas dushman” kuchlarini yoʻq qilish boʻyicha maxsus operatsiya bajarildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining qolgan hududlarida ham zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.