Kiyinish madaniyatiga oid davra suhbati
Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zolari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimlari, malakali dizaynerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Xotin-qizlar va yoshlarning kiyinish madaniyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tgan “Nafosat” festivali, unda to‘qimachilik, tikuvchilik va dizayn sohasida o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan tajribali hamda iqtidorli yoshlardan iborat soha vakillarining ishtiroki, shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan madaniy uchrashuvlar, milliy va zamonaviy moda ko‘rgazmalari yosh avlodning kiyinish madaniyati hamda milliy an’analarga oid bilimini oshirishga xizmat qilgani alohida ta’kidlandi.
[gallery-944]
Davra suhbatida malakali mutaxassis va yosh dizaynerlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy “Modalar uyi”ni tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar