Kiyev: “qiynoqxona” haqidagi daʼvo ortida nima bor?
Kiyev yaqinidagi Petropavlovsk-Borşçagovkada, Milliy gvardiya harbiylari joylaşgan bino oldida ommaviy tartibsizlik yuz berdi. Voqeaga ijtimoiy tarmoq orqali inşoot yertölasida önlab erkak majburan saqlanayotgani va qiynoqqa solinayotgani yuzasidan tarqatilgan xabarlar sabab böldi. 2-noyabr kuni qariyb 100 kişi töplangan joyda politsiya bilan töqnaşuv kelib çiqdi, öq ovozlari eşitildi va huquq-tartibot idoralari maşinalariga zarar yetkazildi.
Xavfsizlik xizmati hodisada faol qatnaşgan 100 nafarga yaqin şaxsni aniqlagan. Idora rahbari örinbosari Ivan Rudnitskiy ularning ayrimlari uyida tintuv ötkazilayotgani, jinoiy javobgarlik masalasi körib çiqilayotganiga urğu berdi. Bir ayol ham qölga olingan. Tergovçilar tartibsizlik harbiy qismni ruxsatsiz tark etgani uçun uşlangan Milliy gvardiya xizmatçisini olib qoçiş maqsadida uyuştirilganini taxmin qilmoqda.
Ayni payt binoda harbiylar yomon şaroitda saqlangani, ularga nisbatan bosim ötkazilgani böyiça daʼvolar tekşirilyapti. Içki işlar vaziri Ivan Vigovskiy bu joy qiynoqxona bölgani töğrisidagi ayblovni inkor etdi. Davlat tergov byurosi harbiy mansabdorlar tomonidan vakolat suisteʼmol qilingani ehtimoli yuzasidan alohida iş oçgan.
Hodisa oqibatida tört nafar harbiy şifoxonaga yotqizilgan. Ukraina Boş ştabi har qanday qonunbuzarlikka xolis baho beriş va harbiy xizmatçilar huquqini himoya qiliş zarurligini taʼkidladi. Tergov davom etyapti.
Musulmon Ziyo, ÖzA