«Kitobxonlik haftaligi»da yangi nashr taqdimoti (+video)
Kitob o‘qigan bilan o‘qimagan odamning farqi bo‘ladi. Zero, ko‘p mutolaa qilgan, ma’naviyatli va madaniyatli insonning hulqi ham go‘zal bo‘ladi, ular doimo ezgulik tarafida bo‘ladilar. Yurtimizda an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi IV respublika «Kitobxonlik haftaligi» ham yurtdoshlarimizning ma’nan yuksalishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Haftalik doirasida yozuvchi Jovli Xushboqning “Muhammad Shayboniyxon” hamda “Sevgi sehri” asarlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Nashr muallifi va yoshlar uchrashuvida mazkur kitoblardagi buyuk ajdodlarimiz merosi, ularning yurt ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z bordi. Mazkur kitobxonlik haftaligi aslida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish orqali kitobsevar millatni shakllantirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga hamda jahon adabiyotining eng sara asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha erishilgan natijalarni ommalashtirish va davom ettirish kabi maqsadda tashkil etilgan bo‘lib, bu kabi jonli uchrashuvlar kitobxonlikni targ‘ib etishda muhim o‘rni bor.
Ayniqsa yozuvchining “Muhammad Shayboniyxon” asari tarixiy adolatni tiklashga yordam beruvchi roman bo‘lib, muallif uni yozishdan avval bobokalonimiz, shoh va shoir Shayboniyxon shaxsiyatiga aniqlik kiritadi, u haqida yozilgan nodir qo‘lyozmalar va shoir-yozuvchilarning asarlarini puxta o‘rganib chiqadi. Bir so‘z bilan aytganda “Kitobxonlik xaftaligi” doirasida yozuvchi va shoirlarning kitobsevarlar bilan jonli muloqotlari mumtoz va klassik adabiyot muxlislari saflarining kengayishiga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AuPtSBGxZ1M" title="“Kitobxonlik haftaligi”da yangi nashr taqdimoti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Asliddin Alijonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA