Kitob — eng yaxshi do‘st
Samarqandda «Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod — yurt kelajagi!» shiori ostida «Bolalar kitobi» festivali o‘tkazildi.
Samarqandda «Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod — yurt kelajagi!» shiori ostida «Bolalar kitobi» festivali o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara adabiy-badiiy asarlar, ma’naviy-ma’rifiy, ensiklopedik adabiyotlarning taqdimot marosimlari, chegirmali kitob savdosi, bolalar adiblari, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
— Kitob o‘qish jonu dilim, - deydi Samarqand shahridagi 37-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Farangiz Ulug‘bekova. — Yaqindagina «Oltin beshik» nomli ertaklar kitobini hamda Muhammad Yusufning «Saylanma»sini o‘qib chiqqandim. Bugungi festivalda qatnashib, tarixiy voqealar, buyuk shaxslar hayotiga bag‘ishlangan asarlarni o‘qishga qiziqishim yanada ortdi.