Kimyo mahsulotlari importi oshib, yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Qayd etilganidek, to‘qqiz yilda respublika sanoati o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimyoda bu 3 foizga ham yetmayotgani, kimyo mahsulotlari importi oshib, yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zimizda chiqariladigan kimyoviy mahsulotlar ichki talabning 60 foizini ham qoplamayotgani, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayotgani, kimyo sanoatida bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat boshqa davlatlardan 2-3 karra kamligi qayd etildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ asosan o‘z tizimidagi yirik korxonalar bilan bandligi, sohada 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini eshitish jarayoni sustligi tanqid qilindi.
Shu bois, davlatimiz rahbari bugun kimyo sanoati korxonalari vakillari bilan shaxsan uchrashib, sohadagi masalalarni muhokama qilib olishga qaror qilganini aytdi.
O‘zA