Kimga foyda, kimga zarar, iste’folar...
Rossiya – Ukraina
YeI tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordam ajratish yuzasidan qaror qabul qildilar. Bu hada “Reuters” agentligi xabar berdi.
Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto “Budapesht YeI Ukrainaga harbiy qo‘mak ko‘rsatishni moliyalashtirish ishiga to‘sqinlik qilmaydi, ammo bu kabi amallarni zararli, deb hisoblayman”, dedi.
“Vengriya Ukraina ziddiyatini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori, shu bilan birga, mojaroni keskinlashtiradigan qarorlarga qarshidir”, deb qo‘shimcha qildi Siyyarto.
“Rossiya – Ukraina inqirozi faqatgina 2023 yilda Germaniya iqtisodiyotiga taxminan 175 milliard yevro zarar keltiradi. Bu mamlakat har bir aholisi uchun ikki ming yevro farovonligiga ta’sir qiladi. Bu tahlillarni Kelndagi Nemis iqtisodiyoti instituti e’lon qildi.
Germaniya o‘ng qanot koalitsiyasiga kiruvchi sotsial-demokratik partiya Rossiya bilan tashqi siyosiy strategiya va munosabatlarni to‘xtatish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqqan. Partiya hamraisi Lars Klingbaylning ta’kidlashicha, “Yevropa o‘z xavfsizligi haqida qayg‘urishi kerak”.
Buyuk Britaniya parlamenti qo‘mitalarining rahbarlari va barcha partiya fraksiyalaridan 37 deputat Germaniya hukumatidan Ukrainaga “Leopard 2” yetkazib berish va uchinchi davlatlarga Kiyevga nemis tanklarini jo‘natishga ruxsat berishga chaqirishdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
“Italiyada ishlab chiqarilgan” korxonalar va mahsulotlari ishlari bo‘yicha vazir Adolfo Ursoning ma’lum qilishicha, Italiya Bosh vaziri Jorji Meloni yaqin kunlarda Kiyevga boradi.
“Tashrif davomida asosan Ukrainani tiklash masalasiga e’tibor beriladi. Bunday loyiha bo‘yicha hukumat anchadan beri ish olib bormoqda”, deb qo‘shimcha qildi vazir “Corriere della Sera” gazetasiga bergan suhbatida.
Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak “Kiyev hech qachon mamlakatdagi AES hududlarida qurol-yarog‘ saqlamagan. MAGATE uchun Ukrainaning barcha eshiklari ochiq”, deb bayonot berdi.
Fransiyaning “Milliy birlashuv” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Marin Le Pen “Ukrainaga og‘ir tanklarni yetkazib berish zarur emas, deb hisoblaydi. Bu haqda u “BFM” telekanaliga aytdi.
“Bu tanklar inqirozning baynalminallik ko‘rsatkichi emas, balki katta xavf keltiradigan xavotirdir”, deb qo‘shimcha qilgan.
Yevropa kengashining prezidenti Sharl Mishel bayonotiga ko‘ra, “yaqin ikki-uch hafta ichida Ukraina atrofidagi voqealarning rivojida hal qiluvchi palla bo‘ladi”.
“El Mundo” nashriga intervyusida “yaqin haftalar 2023 yilda kelajakni belgilashda ziddiyat va tinchlik uchun hal qiluvchi davr bo‘ladi”.
YeIning Turkiyadagi delegatsiyasi rahbari Nikolaus Meyer-Landrutning ma’lum qilishicha, 22 fevralda Istanbulda Ukraina bo‘yicha yirik anjuman o‘tkazish rejalanmoqda.
“Mazkur tadbir YeIning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini namoyish etadi”, dedi u.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiylar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining ta’til uchun chet ellarga borishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.
“Bundan keyin dam olish uchun va davlat ishlaridan tashqari chet ellarga borilmaydi”, deb yozdi yetakchi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenkoning xabar berishicha, Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari Aleksey Simonenko iste’foga chiqqan.
Shuningdek, Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Kirill Timoshenko ham lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza bergan.
Abror XON, O‘zA