Kimdir pul, kimdir mahsulot, harbiylar esa qon berdi
Bugun – 10-aprel kuni Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari karantin vaqtida potensial donorlar soni keskin kamayib ketganligi sababli koʻngilli ravishda qon topshirdi.
Bugun – 10-aprel kuni Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari karantin vaqtida potensial donorlar soni keskin kamayib ketganligi sababli koʻngilli ravishda qon topshirdi.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlar faoliyati hamda fuqarolarning harakatlanishi vaqtincha cheklanib, qon mahsulotlari zaxirasi ham kamaydi. Oʻtgan vaqt ichida onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun donorlar yordamiga muhtojlik sezila boshladi.
– Muammoni bartaraf etishga hissa qoʻshish maqsadida harbiy xizmatchilar savobi ulkan saxovat tadbiriga bosh qoʻshdilar – deydi harbiy jurnalist Gʻayrat Madrahimov. – Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi bilan kelishgan holda hududiy qon quyish markazlari mutaxassislari tomonidan Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarida xizmatni oʻtayotgan koʻngilli harbiy xizmatchilardan donorlik qoni olishlari yoʻlga qoʻyilib, buning uchun yetarlicha shart-sharoit yaratildi.
“Ezgulik albatta, qaytadi” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda donorlik qoni topshirgan harbiy xizmatchilar tibbiyot punktining oʻzida oqsil moddalarga boy mahsulotlardan tanovvul qilishdi. Ular bir sutkaga dam olishga yuborildi hamda 3 kunga jismoniy mashqlardan ozod qilindi.