Kim Chen In Rossiyaga safar qiladi
Hozirgi paytda Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifiga doir tashkiliy ishlar olib borilmoqda
Hozirgi paytda Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifiga doir tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Ria novosti xabarida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu maʼlumotni tasdiqlab, diplomatik aloqalar aniqlanishi bilanoq tashrif sanasi haqida jamoatchilik xabardor qilinishini aytdi.
Eslatib oʻtamiz, avval ham bu tashrifga tayyorgarlik haqida aytilgan va uchrashuv joyi sifatida Moskva yoki Vladivostok ehtimol tutilgan. Axborot manbalarining xabariga koʻra, Kim Chen In Rossiyaga noyabrning boshida – AQSH kongressiga saylovlar boshlanishiga qadar borishi rejalashtirilgan.