Kim Chen In: KXDR yadroviy davlat maqomini yanada mustahkamlaydi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadroviy davlat maqomiga to‘liq erishish, yadro salohiyatini yanada oshirishni mamlakati xavfsizligini ta’minlashning eng muhim sharti sifatida baholadi.
“Montsame” axborot agentligi ma’lum qilishicha, In xalqaro harbiy-siyosiy muhit tobora oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan darajada murakkablashib borayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, u 10 000 tonna suv sig‘imiga ega strategik raketa kreyseri qurilishini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda AQSH, Xitoy va Janubiy Koreya diplomatik muloqot orqali Pxenyanni yadro dasturidan voz kechishga chaqirib kelmoqda. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rasmiylari esa mamlakat yadroviy maqomdan voz kechmasligini qayta-qayta takrorlamoqda.
D.Hakimov, O‘zA