Kilian Mbappe: “Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi”
Mazkur uchrashuvda Fransiya terma jamoasi sardori ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Kilian Mbappe JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Norvegiya ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qildi.
Mazkur uchrashuvda Fransiya terma jamoasi sardori ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Uchta o‘yindan uchta g‘alaba. Vazifa muvaffaqiyatli bajarildi. Endi tiklanish va musobaqaning keyingi bosqichini kutish vaqti keldi”, — deb yozdi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Fransiya milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan I guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Norvegiya milliy terma jamoasi esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rindan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.