Kilian Mbappe nega Fransiya terma jamoasidan ketmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi
Birinchi muvaffaqiyatsizlikning o‘zidayoq menga nisbatan haqoratomuz gaplar aytilganini eshitdim.
Madridning "Real" klubi hujumchisi 2021-yilda nega Fransiya terma jamoasida faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men penaltini golga aylantira olmadim va biz yutqazdik. Shu bilan bir qatorda Millatlar ligasida pastki Ligaga tushib ketdik. Shu vaqtlar terma jamoadan ketishni xohlay boshladim. Hech nima yoqmayotgan edi. Men terma jamoamni o‘zimning eng ustuvor vazifam sifatida ko‘rgan edim, ammo birinchi muvaffaqiyatsizlikning o‘zidayoq menga nisbatan haqoratomuz gaplar aytilganini eshitdim. O‘zimdan so‘radim: "Men maydonda kurashayotgan odamlar shularmi?" 2018-yilda Jahon chempionatida g‘olib bo‘lganmiz, meni esa milliy qahramon deb bilishganidan keyin, bularga chidash oson emasdi. Men Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti huzuriga borib, terma jamoadan ketayotganim haqida aytganimda, "Sen rostdan ham meni shunchaki senga ruxsat berib yuboradi deb o‘ylayapsanmi?" deb javob bergan edi", - dedi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe "uch ranglilar" safida 96ta uchrashuvda maydonga tushib, 56ta gol urishni uddalagan. U yana bitta gol ursa, terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanadi.