Kilian Mbappe jahon chempionati tarixiga kirdi
Fransuz ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionati to'purariga aylandi.
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH–2026ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, sakkizta uchrashuvda 10 ta gol urdi va “Oltin butsa” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe Jahon chempionatlari tarixida “Oltin butsa”ni ikki marta qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Mazkur mukofot mundiallarda 1982-yildan buyon topshirib kelinadi.
27 yoshli hujumchi turnirning eng sermahsul futbolchisi ham bo‘ldi. U “gol+assist” tizimida 14 ochko jamg‘ardi — 10 ta gol va 4 ta golli uzatma.
Bundan tashqari, Mbappening Jahon chempionatlaridagi umumiy gollari soni 22 taga yetdi. Bu esa mundiallar tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.