Kichik koʻngilga katta quvonch hadya etildi
Islom olamining Iydi Qurbon bayrami arafa kunida butun Oʻzbekiston bir lahzaga dardu-anduhni unutgandek boʻldi.
Islom olamining Iydi Qurbon bayrami arafa kunida butun Oʻzbekiston bir lahzaga dardu-anduhni unutgandek boʻldi. Chehralar yorishdi, koʻzlar chaqnadi, yuraklar eridi...
Bugun birgina Fargʻona viloyatidagi 20 ming xonadonga fayz, baraka, ezgu orzular kirdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Hukumat farmoyishiga asosan saxovat va koʻmak fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatildi. Viloyat, shahar-tuman hokimlari, sektor rahbarlari hali tong otmasdan uyma-uy har bir xonadonga 1 million soʻmdan pul va oziq-ovqatlar jamlanmasini tarqatmoqda.
Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev ham Markaziy Fargʻona choʻllaridagi Yozyovon qishloqlarini kezdi. Qaysi uy ostonasini bosib kirmasin, keling, keling oʻzimning Shuhratjon oʻgʻlim, deya otaxonu-onaxonlar olqishladilar. Viloyat hokimi taʼzim bilan salomlashar ekan, baʼzida koʻzlari qizarib, kipriklari namlandi.
Davlatimiz rahbari va hukumatimiz Sizlardan xabar olishni topshirdilar, mana shu mablagʻ va oziq-ovqatlarni yuborishdi, - derdi har gal hokim.
Biri kam taʼminlangan oila, birining nogironligi bor, yana boshqasi ishsiz.
- Uyimizga Prezidentimiz oʻz vakillarini yuborganlaridan gʻururlanib ketdim, - deydi Qoʻshtepa tumani, Namuna MFY, Mustaqillik koʻchasi 22 uyda yashovchi Salim Joʻrayev. – Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganim, shu yurt, davlat eʼtiborida ekanimdan gʻururlandim.
Salimjonning oilasi “Temir daftar” ga kiritilgan. Toʻrt nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Bittasi esa nogiron. Oʻzi vaqtincha ishsiz.
Fargʻonalik ijodkor Omonjon ota Xoshimovni kattayu-kichik taniydi. Ular nafaqat shoir, publitsist, balki halol va adolatli inson, oila rahbari sifatida el ichida izzat topgan.
Tuhfalarni qabul qilib olar ekan, Omonjon ota Oʻzbekiston davlatchiligi haqida iliq fikr mulohazalarini bildirdi.
Fargʻona viloyatida 3415 ta koʻp qavatli uylar boʻlib, ularda 600 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hilola Daudboyeva ularning biri. Toʻrtinchi qavatdagi uyi ostonasida viloyat hokimini koʻrgan onaxon bir soʻz topolmay qoldi.
- Vы nash xakim, Ganiyev – da?
Savoliga tasdiq olgach ichkariga taklif qildi. Keltirilgan qopda un, yogʻ, goʻsht, guruch, oziq-ovqatdan shirinliklargacha onaxon oshxonasini toʻlatdi.
- A eto vam ot glavы nashego gosudarstva, - dedi pul solingan konvertni olarkan.
Onaxon endi oʻzini tutolmay qoldi koʻz yoshi, quvonch yoshi yuzini yuvar edi.....
Ha, chet qishloqlardagi pastqam devorlar, mahallaning koʻrimsiz uylari, koʻp qavatli imoratlarning nursiz yoʻlaklari ortida sizu bizning vatandoshlarimiz, kamtarin, kamchiqim, qalbi pok, ammo eʼtiboru-mehrga zor vatandoshlarimiz yashayaptilar. Biz har doim ulardan xabar ololyapmizmi?
Bugun bir emas, oʻn emas, yuz emas, birgina Fargʻona viloyatidagi 20 mingta ana shunday xonadonlarga birdaniga hokimlar, rahbarlar, kattayu kichik amaldorlar hukumat farmoyishini ijro qilgani kirib borishdi.
Fargʻonada oilalarga tarqatilayotgan mablagʻ miqdori koʻproq, oziq-ovqat, toʻplamining yuki ogʻirroq. Bunisi esa fargʻonacha ehtiromdandir.
Fargʻona viloyati hokimligi Axborot xizmati