Kemerovo ko‘mir konida 6 ishchi halok bo‘ldi
Payshanba kuni Kemerovo shahridagi konda yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatida 6 nafar ishchi halok bo‘lib, 49 kishi bedarak yo‘qolgan.
Mahalliy gubernator Sergey Sivilyovning matbuotga ma’lum qilishicha, voqea sodir bo‘lgan payt shaxtada 285 ishchi bo‘lgan.
Hozircha baxtsiz hodisa sababi noma’lum.
Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilyapti. Hozirgacha kondan olib chiqilgan 237 kishidan 45 nafari jarohati sabab shifoxonaga olib ketilgan. Shaxtada 48 ishchi qolmoqda, — deya xabar qildi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Kemerovo Sibirning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Rossiyaning muhim sanoat markazlaridan biri bo‘lib, dunyodagi eng yirik ko‘mir konlariga ega.