“Kelajak intellekti” olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida yosh avlodning bilim va intellektual salohiyatini aniqlashga qaratilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur bilimlar bellashuvida tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 3–4-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, matematika hamda o‘qish savodxonligi fanlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini namoyon etdi. Bellashuvlar davomida qatnashchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, tezkorligi va bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi.
[gallery-29682]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-sinflar o‘rtasida Termiz shahridagi 13-maktab o‘quvchisi Ruxshonabonu Sodiqova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 4-sinflar o‘rtasidagi bahslarda Muzrabot tumanidagi 10-maktab o‘quvchisi Oygul Tilavova g‘olib deb topildi.
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA