Kechki oqshomda ko‘ngilga yaqin navolar
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘lari hamda katta maydonlarda karantin talablariga rioya qilingan holda madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu madaniy tadbirlar viloyat hokimligi tashabbusi bilan madaniyat boshqarmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, musiqa va san’at maktablari hamkorligida tashkil etilmoqda.
[gallery-2274]
Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Zahiriddin Muhammad Bobur maydoni, Bobur arenasi, Muhammad Yusuf xiyoboni, Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yoshlar bog‘i, Xotira maydoni va Bobur nomidagi milliy bog‘i viloyat ahlini o‘z bag‘riga chorlagan. Ushbu go‘shalarda tashkil etilayotgan konsert dasturlarida taniqli estrada xonandalari hamda yosh iste’dodlar tomonidan shahar ahli va mehmonlar e’tiboriga diltortar kuy va qo‘shiqlar ijro etilmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA