Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?
Rossiya. Qrim va Kaliningrad shaharlari yaqinidagi chegara hududlarida uchta razvedka-samolyotlar harakati kuzatilgan
Rossiya. Qrim va Kaliningrad shaharlari yaqinidagi chegara hududlarida uchta razvedka-samolyotlar harakati kuzatilgan. Razvedka-samolyotlar AQSH harbiy havo qoʻshinlariga qarashli ekanligi aniqlangan.
Nigeriya. Kaduna shtatida aholi hududlariga jangarilarning hujumi oqibatida 66 nafar kishi halok boʻldi. Hujum mamlakatdagi prezident saylovlari oldidan amalga oshirildi.
AQSH. AQSH-Meksika chegara devori qurilishi yuzasidan mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi.
Myunxen. Xavfsizlik boʻyicha Myunxen konferensiyasining 55-yigʻilishi ish boshladi. Konferensiya 17 fevral kuni yakunlanadi.
Afgʻoniston. Qandahor viloyatida chegarachilar va “Tolibon” terror guruhi oʻrtasidagi toʻqnashuv oqibatida 20 dan ortiq chegarachi-harbiylar hamda 7 nafar tolibonchilar halok boʻldi.
Eron. Mamlakat shimoliy-gʻarbiy hududidagi amaliyot mashgʻulotlarida vertolyotining qulashi oqibatida bortdagi ikki kishi halok boʻldi.