Kazakova Laylo Madorimovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlarning semantikasi va leksikografik xususiyatlari” mavzusida
Kazakova Laylo Madorimovnaning 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Nemis va o‘zbek tillaridagi harbiy texnikaga oid terminlarning semantikasi va leksikografik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Dsc.03/30.12.2019. fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 14 mart kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4- uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel.: (99871) 246-02-24
e-mail: nauka@nuu.uz