“Kasblar tanlovi” g‘oliblari taqdirlandi
“Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilgan “Kasblar tanlovi” mahalla yoshlari uchun o‘z kasbiy mahoratlarini namoyon etish imkoniyatini yaratdi.
Tanlovning respublika bosqichida mahalla yoshlari novvoylik, dizayn, elektromontaj, payvandchilik va qurilish ustachiligi yo‘nalishlarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Har bir yo‘nalishda eng munosib ishtirokchilar aniqlandi.
Tanlovning birinchi bosqichida 5 ta kasblar bo‘yicha jami 201 ming 108 nafar yoshlar loyihada ishtirok etdi.

Ikkinchi bosqich, ya’ni “Kasblar tanlovi”ning sektorlararo tuman (shahar) bosqichlarida har bir tuman (shahar)dan jami 47 ming 200 nafar yoshlar loyihada ishtirok etdi.
Uchinchi bosqich tuman (shahar)lararo hududiy bosqich bo‘lib, u 5 ta kasb bo‘yicha tashkil etildi. Bunda tuman va shaharlardan jami 1 ming 40 nafar yoshlar o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 55 nafar faol ishtirokchi 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan yoshlar 20 million so‘m, 2-o‘ringa 30 million so‘m hamda 1-o‘rin sohiblari 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA