Kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakuniga yetdi
Qarshi davlat universitetiga sport faoliyati: futbol, voleybol, yengil atletika, kurash, dzyudo, dizayn: libos va gazlamalar, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, rangtasvir: dastgohli, musiqa kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 1674 nafar abituriyentlar hujjat topshirdi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar Qarshi davlat universitetining markaziy stadioni, kurash sport zali va san’atshunoslik fakulteti binosida bo‘lib o‘tdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha abituriyentlarning o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin kutish zali tashkil qilinib, imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitor orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.





Ijodiy imtihonlarni adolatli, shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida vazirlikning mas’ul vakillari, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan jarayonlar bevosita kuzatib borildi. Sinovlar o‘tkazilgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etildi. Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning imtihonlarni onlayn kuzatish platformasi orqali jonli efirga uzatildi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so‘ngi kunida sport faoliyati: futbol ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 57 nafar abituriyentlar sinovlarda ishtirok etdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.