Kasb-hunarli yoshlar – kelajak bunyodkorlari
FOTOREPORTAJ
Bugun mamlakatimizda yoshlarning ilm-ma’rifatli bo‘lishi bilan bir qatorda zamonaviy kasb-hunarlarni egallashiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Navoiy viloyati Konimex tumanida ham yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Konimex tumani texnikumida ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlar, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda.
[gallery-31433]
Texnikum binosi 720 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, muassasada 100 o‘rinli yotoqxona, 150 o‘rinli o‘quv ustaxonasi, 60 o‘rinli oshxona va 150 o‘rinli faollar zali mavjud. Ayni paytda bu yerda 569 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning 292 nafari 2026/2027 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan.
Texnikumda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”, “Traktorchi-mashinist”, “Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish”, “Axborot vositalari va tarmoqlari operatori”, “Kimyoviy tahlil laboranti”, “Kompyuter-injiniring”, “Tokarlik”, “Raqamli axborotlarni qayta ishlash” hamda “Metallarga qayta ishlov berish” kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA