Kasallik koʻpga choʻzilmaydi
Koronavirus infeksiyasining mamlakatimizga kirib kelishi – xalqimiz boshiga tushgan sinov. JSST dunyodagi hozirgi holatni pandemiya deya eʼlon qildi. Bunday vaziyatda sarosimaga, vahimaga berilish yaramaydi.
Koronavirus infeksiyasining mamlakatimizga kirib kelishi – xalqimiz boshiga tushgan sinov. JSST dunyodagi hozirgi holatni pandemiya deya eʼlon qildi. Bunday vaziyatda sarosimaga, vahimaga berilish yaramaydi.
Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino: “Vahimaning oʻzi yarim kasallikdir. Xotirjamlik yarim sogʻlikdir. Sabr esa shifoning boshlanishidir” deb yozgan edi.
6 nafarga yetdi. Fransiyadan qaytgan fuqaroning oʻgʻli, qizi, turmush oʻrtogʻi va nabirasida ham ushbu kasallik alomatlari aniqlangan.
Bugun koronavirusga chalingan ilk yurtdoshimizning qizi, oʻgʻli, turmush oʻrtogʻi va nabirasida, shuningdek, Turkiyadan kelgan fuqaroda ham kasallik aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu bemorlarda malakali mutaxassislar tomonidan kerakli muolajalar oʻtkazilmoqda va kasallik tarqalishining oldini olish choralari koʻrilmoqda. Mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat shaxsan Prezidentimiz nazoratida va ehtimoliy voqea-hodisalarning barchasi inobatga olinib, oldindan tayyorgarlik koʻrib qoʻyilgan.
Jumladan, tibbiyot buyumlari va dori vositalari, oziq-ovqat zaxirasi yaratilgan. Narx-navoning asossiz oshirilishiga qarshi keskin choralar koʻriladi.
El boshiga ish tushgan damda ayrim “tadbirkorlarimiz” tomonidan oʻz nafslarini oʻylab, narxlarni sunʼiy tarzda oshirishga urinishlar boʻlmoqda. Bu borada ham tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat kuchaytirildi. Turli davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, maktablar, kollej va oliy oʻquv yurtlari, bogʻchalar profilaktika maqsadida yopilishi kasallik tarqalishining oldini olishdagi eng toʻgʻri qarordir. Bunday vaziyatda har bir oila oʻz xonadonida boʻlgani, zarur boʻlmasa, odamlar gavjum joyga bormagani maqsadga muvofiq. Talabalar va oʻquvchilar ushbu vaziyatni imkon deya qabul qilib, yaxshi oʻzlashtirolmagan mavzularini oʻqisin, kitob mutolaa qilsin. Bogʻcha bolalari esa sheʼr yodlasin, aqlni charxlovchi oʻyinlar oʻynasin. Internet orqali taʼlimni davom ettirish ham mumkin.
Barcha sinovlarni hamjihatlik, uyushqoqlik, yakdillik va xotirjamlik bilan yengib oʻtgan xalqmiz. Keling, hozirgi vaziyatdan ham sarosimaga tushmasdan, atrofdagilarga ham xotirjamlik kayfiyatini ulashib, yuksak madaniyat va bir-birimizni ayagan holda oʻtib olaylik. Umid qilamizki, serquyosh Vatanimizda bu kasallik koʻpga choʻzilmaydi. Kasallikka qarshi kurashishga qodirmiz. Shunday ekan, har birimiz shaxsiy masʼuliyatni oshirgan holda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qilaylik, oʻzimizni va yaqinlarimizni asraylik.
Jamshid QOSIMOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati