Kartoşka yetiştiriş böyiça yirik loyiha
Bugungi kunda qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, mahsulot yetiştiriş hajmi va eksport salohiyatini oşiriş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan agrar sohani modernizatsiya qiliş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb etişga qaratilayotgan alohida eʼtibor ham bu borada yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Buxoro viloyatida ham uşbu yönalişdagi hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Xususan, viloyat hokimi Botir Zaripov pokistonlik tadbirkorlar bilan uçraşib, hududda kartoşka yetiştiriş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Muloqot davomida xorijiy investorlar tomonidan Buxoroda kartoşkaçilikni rivojlantiriş, mazkur yönalişga zamonaviy texnologiyalar va ilğor tajribalarni olib kiriş taklifi bildirildi.
Uçraşuvda loyihani amalga oşiriş uçun yer maydonlari ajratiş, ekiş işlarini taşkil etiş, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratiş, şuningdek, yetiştirilgan hosilni saqlaş va bozorga yetkazib beriş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Viloyat hokimi hududning qişloq xöjaligi borasidagi imkoniyatlari, mavjud yer va suv resurslari, agrar tarmoqda olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi. Ayniqsa, suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, yer unumdorligini oşiriş, hosildorlikni köpaytiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda ilmiy yondaşuvni kuçaytiriş muhimligi taʼkidlandi.
Zero, zamonaviy kartoşkaçilik faqat uruğlik ekiş va hosil oliş bilan çeklanmaydi. U sifatli uruğlik tanlaş, tuproq-iqlim şaroitiga mos agrotexnik tadbirlarni qöllaş, suvdan oqilona foydalaniş, hosilni saralaş, saqlaş va sotişgaça bölgan yaxlit jarayonni qamrab oladi. Şu bois pokistonlik investorlar taşabbusini amaliy natijaga aylantirişda ana şu omillarning barçasini hisobga oliş muhim ahamiyat kasb etadi.

Öz navbatida, tadbirkorlar loyihani amalga oşirişga qiziqiş bildirib, uning taşkiliy jihatlari, zarur yer maydonlari va boşqa şart-şaroitlarni taʼminlaş yuzasidan öz takliflarini bayon etdilar.
Uçraşuv yakunida taşabbusni atrofliça örganiş, ajratilişi mumkin bölgan yer maydonlarining tuproq-iqlim va suv taʼminoti imkoniyatlarini baholaş, iqtisodiy hisob-kitoblarni işlab çiqiş hamda belgilangan tartibda keyingi amaliy çoralarni körişga kelişib olindi.
Mazkur loyiha istiqbolda Buxoro viloyatida kartoşka yetiştiriş hajmini oşiriş, agrar tarmoqqa xorijiy sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, mahsulotni saqlaş va sotiş tizimini takomillaştirişga xizmat qilişi mumkin. Eng muhimi, bunday hamkorlik qişloq xöjaligida yangi işlab çiqariş imkoniyatlarini yaratiş, hududning oziq-ovqat taʼminoti va eksport salohiyatini mustahkamlaş uçun zamin hozirlaydi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri