Karimova Sadoqat Tohirovnaning falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni yuksaltirishning mafkuraviy mexanizmlari” mavzusida
Karimova Sadoqat Tohirovnaning 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni yuksaltirishning mafkuraviy mexanizmlari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.01.14 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 13-yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi.
Tel.: (99871) 227-12-24;
e-mail: nauka@nuu.uz