Kannavaro: çiroyli futbol körsatişning özi yetarli emas
Italiyalik mutaxassisning fikriça, jamoaning ikki töplik ustunlikni boy berişiga taktik sxemadan köra tajriba yetişmasligi va öyin nazoratining yöqotilişi köproq ta’sir körsatgan.
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarşi 2:3 hisobida yakunlangan örtoqlik uçraşuvidan söng mağlubiyat sabablarini izohladi.
Italiyalik mutaxassisning fikriça, jamoaning ikki töplik ustunlikni boy berişiga taktik sxemadan köra tajriba yetişmasligi va öyin nazoratining yöqotilişi köproq ta’sir körsatgan.
"Biz yaxşi harakat qildik, ammo hisob 2:0 bölganidan keyin öyin sur’atini pasaytirdik. Futbolçilarga hakamning yakuniy huştagigaça kuraşiş zarurligini aytdim. Futbol şafqatsiz — yaxşi öynab ham mağlub böliş mumkin", dedi Kannavaro.
Boş murabbiy himoyadagi xatolarga ham alohida töxtaldi. Uning ta’kidlaşiça, jamoa standart vaziyatlarda, ayniqsa, jarima maydoni içida muammolarga duç kelmoqda. Bundan taşqari, oddiy va uzun uzatmalardagi xatolar futbolçilarni töpsiz köproq harakat qilişga majbur etgan.
Kannavaro kelgusida 3-4-3 taktik sxemasidan foydalaniş ehtimolini ham istisno etmadi. Biroq u himoyaçilar sonini köpaytiriş barça muammolarga yeçim böla olmasligini ta’kidladi.
"Sönggi daqiqalarda uç nafar markaziy himoyaçi bilan öynaşimiz mumkin edi. Kelajakda ham bunday sxemadan foydalanişimiz ehtimoldan xoli emas. Ammo asosiy muammo tizimda emas. Bizga tajriba yetişmadi va öyinni nazorat qila olmadik", dedi mutaxassis.
Şuningdek, Kannavaro kuçli raqiblarga qarşi uçraşuvlarda futbolçilar dadil harakat qilişi, imkoniyatlardan samarali foydalanişi va sönggi daqiqalargaça diqqatni saqlaşi zarurligini qayd etdi.
Italiyalik murabbiy Jahon çempionatida murabbiy sifatida qatnaşiş futbolçi bölib iştirok etişdan murakkabroq ekanini ham aytdi. Sababi, maydondagi vaziyatlar köp jihatdan futbolçilarning qarorlari va harakatlariga boğliq.
Kannavaro Rossiyaga qarşi uçraşuvni qayta körib çiqib, yöl qöyilgan xatolarni batafsil tahlil qilişini bildirdi.
"Çiroyli futbol körsatişning özi yetarli emas. Har qanday vaziyatga tayyor böliş kerak. Bizda hali işlaşimiz zarur bölgan jihatlar köp", deya xulosa qildi Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi.