Kannabis yetishtirishda qaysi davlat yetakchi?
Qonunchilikka kiritilgan ushbu oʻzgarish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbusiga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, asosan raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan.
Joriy yilning 17-martida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish jarayonida Oʻzbekistonda kannabis oʻsimligini sanoat sohasida yetishtirishga ruxsat berildi. Buning sababi nima?
Qonunchilikka kiritilgan ushbu oʻzgarish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbusiga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, asosan raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan.
Bir yillik kanop oʻsimliklari oilasiga mansub mazkur oʻsimlik navlarining yuridik shaxslar tomonidan yetishtirilishi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining afzalliklari
Maʼlumotlarga koʻra, texnik kannabisdan 50 mingdan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Texnik kannabis bir qator noyob afzalliklarga ega boʻlib, mato va nitrat sellyuloza uchun, paxta va zigʻir xom-ashyosiga, plastik uchun alternativ neft xom-ashyosi, shisha tolali va zigʻir tolasi bazasiga ham muqobil oʻrindosh boʻla oladi. Kanop sanoat qurilish materiallari ishlab chiqarishda sellyuloza va boshqalarni oʻrnini bosa olishi mumkin.
Demak, bu oʻsimlik orqali qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, sohada klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh, noanʼanaviy va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda chuqur qayta ishlashni tashkil etish, shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq toʻlash darajasini oshirishga erishish mumkin.
Texnik kannabis yetishtirishda dunyodagi yetakchilar
Fransiya Yevropada kannabis yetishtiriladigan maydonlar boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydi. U yerda yildan-yilga barqaror oʻsish kuzatilmoqda. Texnik kannabis Rossiyadan koʻra koʻproq minglab gektar maydonlarda ekilgan boʻlsada, asosan katta hududlardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari aylanmasi uchun foydalaniladi. Kannabis bilan yer ham dam oladi.
Yevropaliklar juda oqilona qaror qabul qiladigan odamlardir, ular bu ekinning anʼanaviy ekinlarga qaraganda kamroq daromadli ekanligini koʻrdilar va ular uni almashlab ekishga kiritib, kannabis uchun koʻproq maydonlarni berishdi.
Bu borada Koreya juda faol rivojlanmoqda. Umuman olganda, kanop yetishtirish maydonlari boʻyicha dunyo lideri Xitoy hisoblanadi. Ammo bundan 20-25 yil oldin, u yerda Kannabis yetishtirish bir hovuch urugʻdan boshlangan. Bugungi kunda Xitoy butun bir qoʻshinini kanop matosidan tayyorlangan kiyimlar bilan taʼminlamoqchi. Hozircha, bu faqatgina ichki kiyim boʻlsada, kelajakda barcha ustki kiyimlarni ham kannabisdan olingan matodan qilinishi maqsad qilib qoʻyilgan.
AQSHda ham kannabis yetishtirish rivojlanmoqda. Bir vaqtlar ular BMT konvensiyasini ratifikatsiya qilishdi, lekin uning samarasiz ekanligini tushunib, uni tark etishdi.
Misol uchun, Makedoniya faqat toʻgʻri iqtisodiy qarorlar qabul qilish bilan omon qolishi mumkin edi, shuning uchun u tibbiy maqsadlarda kannabis yetishtirishga ruxsat bergan edi.
Kannabisning boshqa hech qaysi turda boʻlmagan aniq ustunligi bor. U barcha toksinlarni urugʻga oʻtkazmasdan chiqarib tashlash orqali yerni tozalash qobiliyatiga ega. Natijada ekologik toza mahsulotlar olish va ayni paytda tuproqni samarali tozalash imkonini beradi.
Koʻpchilikning taʼkidlashicha, neft magnatlari kannabis bilan raqobatda xuddi olovdan qoʻrqqanday qoʻrqishadi. “Qora oltin” nafaqat yoqilgʻi uchun, balki barcha plastmassa uchun ham ishlatiladi va uni koʻplab afzalliklarga ega boʻlgan kanop biokompozitlari oʻrnini bosa oladi.
Bu oʻsimlikdan yogʻochdan qogʻoz ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar ham qoʻrqishadi va bunga asoslar ham yetarlicha.