Kanada Ukrainaga qurol yuklangan samolyot jo‘natdi
Kanada 4 fevralga o‘tar kechasi Ukrainaga qurol-yarog‘ ortilgan harbiy-transport samolyotini jo‘natdi, deb xabar qildi juma kuni mamlakat mudofaa vazirligi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Ottava "Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi".
"Mazkur yordam Ukraina xavfsizlik kuchlariga kelgusida Rossiya tahdiddan himoyalanishiga yordam beradi", — deyiladi xabarda.
Ukrainaga yo‘l olgan yuk ichida shaxsiy himoya vositalari, razvedka olib borish uchun zarur bo‘lgan texnikalar va kuzatuv qurilmalari bor.
Bundan aval Ottava Ukrainaga jo‘natilgan “Birlashtirish” missiyasi tarkibi 200 kishidan 400 kishiga oshirilishini e’lon qilgan edi.
2014 yildan buyon NATO mamlakatlari va AQSH Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda. Shuningdek, ular Ukraina harbiylarini mashq qildirmoqda. Rossiya bu holat Minsk bitimini buzishi va Donbassdagi vaziyatni yumshatishga salbiy ta’sir etishini ta’kidlab keladi.
Ukrainaga qiymati milliardlab dollarga baholanayotgan qurol-yarog‘lar yetkazib berishda amerikaliklardan tashqari, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Polsha, Turkiya, Litva, Chexiya, Bolgariya Ruminiya, Estoniya ham ishtirok etmoqda.
Masalan, AQSH tanklarga qarshi ishlatiladigan Javelin raketa majmualari, patrul kemalari, merganlik miltiqlari va radiolokatsiya stansiyalarini yetkazib berayotgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya tanklarga qarshi NLAW granata uloqtiradigan qurilmalarni, Turkiya Bayraktar TB2 hujumkor uchuvchisiz o‘zi uchar apparatlarni yetkazib bergan, deyiladi xabarda.