Kanada osmonida ikki samolyot toʻqnashdi
Kanada poytaxti Ottava shahri Gʻarbida ikki kichik samolyot parvoz chogʻida toʻqnashib ketdi.
Kanada poytaxti Ottava shahri Gʻarbida ikki kichik samolyot parvoz chogʻida toʻqnashib ketdi. Bu haqda CBS telekanali maʼlumotiga tayanib, TASS xabar tarqatmoqda.
Hodisa Kanadaning markaziy xalqaro aeroporti osmonida sodir boʻldi. Toʻqnashuvdan soʻng samolyotlardan biri qulab tushdi. Buning oqibatida havo kemasi uchuvchisi voqea joyida halok boʻlgani aytilmoqda.
Ichida ikki nafar fuqaro boʻlgan ikkinchi samolyot esa aeroportga talofatsiz qoʻnishga muvaffaq boʻlgan.
Ottava politsiyasi ushbu voqea tafsilotlari boʻyicha izoh berganicha yoʻq.