Kampirtepa – yoʻqotilgan oks-Aleksandriyami?
Eramizdan avvalgi IV asr oxiri – eramizning II asr oʻrtalariga oid Kampirtepa yodgorligi Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, qorasuvning Amudaryoga quyilish joyidan 1,5-2 kilometr gʻarbda joylashgan.
Eramizdan avvalgi IV asr oxiri – eramizning II asr oʻrtalariga oid Kampirtepa yodgorligi Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, qorasuvning Amudaryoga quyilish joyidan 1,5-2 kilometr gʻarbda joylashgan.
Yodgorlikning maydoni sharqdan gʻarbga 750 metr, shimoldan janubga 200-250 metr joyni egallaydi. Umumiy maydoni 4 gektar. Uning tuzilishi arki aʼlo, arki aʼlo oraligʻi hududi, tashqi qalʼa devori, turar-joy va boshqa turli maqsadlarda foydalanilgan binolardan iborat.
Kampirtepa 1972-yilda arxeolog olim Edvard Rtveladze tomonidan aniqlangan.
Antik tarixiy manbalarda buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiy eramizdan oldingi 329-326-yillarda Oʻrta Osiyoda boʻlgani va koʻplab qalʼa-istehkomlar barpo etgani haqida maʼlumotlar uchraydi. Shunday qalʼalardan biri Oks-Aleksandriyasi boʻlib, keyinchalik yoʻq boʻlib ketgan, deb taxmin qilingan. Tarixchi olimlar zamonaviy Afgʻoniston shimolidagi Oyxonim, Oʻzbekistondagi Eski Termiz yoki Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa arxeologik yodgorligidan qaysi biri buyuk Aleksandr qalʼasi, degan savol ustida uzoq yillar bosh qotirib keldilar.
Termiz shahrida shu yil 24-25-avgust kunlari boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ nomli xalqaro arxeologik forumda oʻzbek olimlari soʻnggi yillarda olib borgan qazishma ishlari natijasida Oks Iskandariyasi Amudaryo qirgʻogʻida mavjud boʻlgan port shahar - Kampirtepa xarobalari ekanini aniqlaganlari eʼlon qilindi.