Kambag‘allikka qarshi yangi tizim, sifatsiz yoqilg‘i, Sindorovga tarixiy sovg‘a - Qisqa xabarlar(+video)
Bugungi “Qisqa xabarlar” dasturida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi, 21 ta AYOQSHda 174 ming litr sifatsiz neft mahsuloti aniqlangani, O‘zbekistonga kirish tartibi ayrim xorijliklar uchun soddalashtirilgani hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi grossmeyster Javohir Sindorovning tarixiy partiya blankasini Prezident Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Buxoroda qariyb 290 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib kirishning oldi olingani, Andijonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilayotgani hamda Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga tayyorgarlik yakunlanayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA