Kamala Xarris faoliyati eng ommalashmagan vitse-prezident bo‘ldi
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris 1970 yildan buyon faoliyati eng ommalashmagan vitse-prezident bo‘ldi.
“Bu aksariyat amerikaliklar uning faoliyatini yoqlamaydi degani”, deyiladi “Telegraph”ning ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslangan xabarida. Nashrda ta’kidlanishicha, demokratlarning strateglari vaziyatni o‘nglash harakatiga tushgan.
Oq uy yaqin oylarda Xarrisni ma’lum hududlarga kelgusi yilgi Kongressga saylovlar kampaniyasini o‘tkazish uchun yuborib, uning reytingni ko‘tarmoqchi.
Keyingi ikki so‘rov amerikaliklarning 46 foizi Xarrisning faoliyatini yoqlashini, 47-48 foizi esa yoqlamasligini ko‘rsatgan. Rahbariyatni Xarrisning yoshlar o‘rtasida ham ommalashmagani tashvishlantirmoqda