Kam ta’minlanganlarga 1400 dollardan ajratiladi
Qirg‘iziston Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi “Kam ta’minlanganlarga va kam ta’minlagan oilalarga ijtimoiy Bitim asosida bir martalik ijtimoiy yordam to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Qirg‘iziston Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi “Kam ta’minlanganlarga va kam ta’minlagan oilalarga ijtimoiy Bitim asosida bir martalik ijtimoiy yordam to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Loyihaga ko‘ra, qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida kam ta’minlagan oilalarga 100 ming somdan (1400 dollarga yaqin) ajratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 1 avgustidan 2022 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladigan mazkur Bitim asosida kam ta’minlanganlar va kam ta’minlangan oilalarga bir martalik ijtimoiy yordam to‘g‘risidagi vaqtinchalik Qoida tasdiqlanishi taklif qilinmoqda.
“Vaqtinchalik qoidalarni hayotga tatbiq etish maqsadida har yili Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi budjetiga 300 million som (4,3 million dollarga yaqin – Muh.) ajratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari uchun yangi ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlarga bir martalik beg‘araz mablag‘ ajratiladi.
Hujjat qabul qilinsa, Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligining hududiy bo‘linmalari kam ta’minlangan oilalar bilan o‘zaro Bitim imzolaydi. Hujjatga ko‘ra, oila o‘z zimmasiga bir qator majburiyatlarni oladi, vazirlik esa yordam beradi.
“Masalan, oila o‘zining shaxsiy tomorqa xo‘jaligida ish joriy qiladi yoki kichik biznes ochadi yoki oila a’zolaridan kimdir qayta malaka oshiradi va oilasini barqaror daromad bilan ta’minlaydi. Pul oilaning faol harakati uchun beriladi”, – deya ta’kidlaydi vazirlik.
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda bir million 429 ming kishi qashshoqlikda yashagan, ularning 68 foizini qishloq joylardagi aholisi tashkil qilgan.