Kam daromadli oilalarga ko‘mak berilmoqda
Kogon tumani “Bahouddin Naqshband” MFYda aholining yaxshi turmush kechirishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahalla farovonligi, fuqarolar bandligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
– Mahallamizdagi 1003 ta xonadonda 5103 nafar aholi yashaydi, – deydi “Bahouddin Naqshband” MFY raisi Baxshiullo Boqiyev. – Hozir xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 103 ta xonadon ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi, kam daromadli, ehtiyojmand toifaga kiritildi. “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 58 nafar fuqaroga 1 milliard 200 million so‘m kredit ajratildi. Bundan tashqari, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida hisobda turuvchi fuqarolarning 14 nafariga faoliyatini boshlash uchun subsidiya asosida mehnat qurollari va asbob- uskunalar olib berildi.
Tumanda tuzilgan ishchi guruhning o‘rganishlari natijasida mahallada kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikka barham berish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.



Zarif Komilov, O‘zA muxbiri