Kadastr agentligi va Bojxona qömitasi örtasida raqamlaştiriş böyiça tajriba almaşildi
Ilğor tajriba almaşinuvi va raqamli texnologiyalarni joriy etiş sohalar rivojida muhim omil bölmoqda.
Bugungi kunda davlat boşqaruvi tizimida samaradorlikni oşiriş, aholi va tadbirkorlik subʼektlariga körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş hamda boşqaruv jarayonlarini zamon talablari asosida takomillaştirişda idoralararo hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş bu borada yangi imkoniyatlarni yuzaga çiqarmoqda. Şu nuqtai nazardan, Kadastr agentligi direktori örinbosari M.Mirmaqsudov boşçiligidagi Agentlik markaziy apparati xodimlarining Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasiga taşrifi özaro tajriba almaşiş va hamkorlik aloqalarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Taşrif doirasida kadastr sohasi vakillari bojxona organlari faoliyatining ustuvor yönalişlari, boşqaruv jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etiş, sohani raqamlaştiriş hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
Muloqot jarayonida maʼlumotlar bazalarini şakllantiriş va yuritiş, idoralararo axborot almaşinuvini takomillaştiriş, axborot tizimlari samaradorligini oşiriş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, sunʼiy intellekt asosidagi zamonaviy yeçimlarni amaliyotga joriy etiş böyiça töplangan tajribalar muhokama qilindi. Uçraşuv davomida ilğor iş tajribalarini örganiş, ularni tegişli yönalişlarda tatbiq etiş va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqot yakunida ikki idora örtasida özaro tajriba va ilğor amaliyotlarni almaşiş, istiqbolli yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş hamda sohalarda raqamli yeçimlarni keng joriy etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Taʼkidlaş joizki, bunday amaliy uçraşuvlar davlat idoralari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, boşqaruvning zamonaviy usullarini ommalaştiriş va raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallaştirişga xizmat qiladi. Eng muhimi, töplangan ilğor tajribalarni özaro tatbiq etiş orqali kadastr sohasida xizmatlar sifati va boşqaruv samaradorligini yanada oşiriş uçun zamin yaratiladi.
Ş.Mamaturopova,
ÖzA