Jurnalistika jamiyatda ijtimoiy fikrni shakllantiradi
Farg‘onadagi “Afrosiyob” tantanalar saroyi bu gal yana jurnalistlar bilan gavjum bo‘ldi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bu yerga mehnat faxriylari, yosh jurnalistlar, viloyatdagi barcha ommaviy axborot vositalari vakillari yig‘ildilar.
Viloyat hokimining oʻrinbosari Sherzod Polvonov tadbir qatnashchilarini qutlar ekan, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning ularga yuborgan tabriknomasini oʻqib eshittirdi.
Jurnalistika – kasb emas, qismatdir, dedilar tabrik uchun soʻzga chiqqanlar. Bugun viloyatda Xadichaxon Karimova, Durdona Gʻafforova, Zilola Rasulova, Ahror Ziyodov, Ahror Oʻtanboyev, Shuhrat Esanov kabi jurnalistikani qismatim deb bilguvchi ijodkorlar faoliyat yuritmoqda. Ular tezkor, xolis va adolatli axborotlari bilan el-yurt ehtiromini qozondilar. Tadbir davomida ularning barchasi viloyat hokimligi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimining faxriy yorliqlari hamda mukofotlari bilan taqdirlandilar.
[gallery-30070]
– Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan jurnalistlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildiramiz, – deyishdi tantana qatnashchilari. – Bor ilm va kuchimizni Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni targʻib qilishga sarflaymiz.
Bayram bayramdek boʻldi. Taniqli sanʼatkorlar jurnalistlar anjumaniga fayz kiritdilar. Kuylar qoʻshiqlarga ulandi.
Ertaga va undan keyin matbuot bayramlari shahar-tuman va ijodiy jamoalarda davom etadi.
<iframe width=“1335” height=“751” src="https://www.youtube.com/embed/3w5HkGhtQIA“ title=”Jamiyat siyosatini yurituvchi kuchlardan biri - jurnalistika“ frameborder=”0“ allow=”accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share“ referrerpolicy=”strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), OʻzA