Jurnalist ayollar e’tibor va e’zozda
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Navoiy shahridagi “Matbuot uyi”da O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi va bo‘lim qoshidagi Jurnalist ayollar Kengashi tomonidan 8 mart - Xalqaro-xotin qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
bugungi kunda Navoiy viloyatidagi OAV va davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlarida qariyb yuz nafarga yaqin xotin-qizlar faoliyat olib boradi. Ularning o‘n nafari faxriy jurnalistlardir.
– bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng imkoniyatlar yaratilib, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda, – deydi uyushma viloyat bo‘limi raisi Otabek Aslonov. – O‘tgan davr mobaynida navoiylik jurnalist ayollar orasidan 5 nafari davlatimizning yuksak mukofotlari “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlandi, bir nafari xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida faoliyat olib bormoqda.
Tadbirda matbuot sohasida faol ishtirok etib kelayotgan xotin-qizlar faoliyatiga yuqori baho berildi va ularga uyushma va Jurnalist ayollar Kengashining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-6027]
Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA