Jurayev Sherali Maxmutovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Oliy pedagogika ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish” mavzusida
Jurayev Sherali Maxmutovichning 13.00.01 - “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” bo‘yicha “Oliy pedagogika ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozitsiyasini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Chirchiq davlat pedagogika unversiteti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02. raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 28-aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy. Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Tel: (99870) 712-27-55
e-mail: chdpu_kengash@umail.uz