JSST: Xavfsiz bo‘lmagan oziq-ovqat yiliga 1,5 million kishining umriga…
JSST yangi hisobotida ogohlantirmoqda: dunyo bo‘ylab har yili millionlab insonlarning hayoti va salomatligiga xavfli oziq-ovqatlar jiddiy tahdid solmoqda. Global miqyosdagi bu muammo chuqur tahlilni talab etadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi hisobotiga ko‘ra, sifatsiz va xavfli mahsulot iste’mol qilinishi oqibatida dunyoda har yili 866 millionga yaqin kasallanish va 1,5 million atrofida o‘lim holati qayd etilmoqda.
Bu xastaliklarning katta qismi bakteriya, virus hamda kimyoviy zaharli moddalar bilan ifloslangan yeguliklar tufayli kelib chiqadi. Ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng katta xavf ostida bo‘lib, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining deyarli uchdan biri ular hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, oziq-ovqat tarkibidagi noorganik mishyak va qo‘rg‘oshin kabi og‘ir metallar yiliga 1 milliondan ortiq odam hayotiga nuqta qo‘ymoqda.
2021-yildagi o‘lim holatlarining 73 foizi aynan shunday kimyoviy ifloslanish oqibatida yuz bergan. Bu muammo inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, global iqtisodiyotga ham yiliga yuz milliardlab dollar zarar yetkazyapti. Shu sababli JSST barcha hukumatlarni qishloq xo‘jaligi tizimi va sanitariya nazoratini kuchaytirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA