Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumat a’zolari, tegishli soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Romanov, «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qo‘mitasi raisi Z.Reymova,
[gallery-2982]
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Byudjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Bekbergenov so‘zga chiqdi.
Shuningdek, sessiyada «Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash borasidagi ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining hisoboti haqida», «Shahar va tumanlarda eksport salohiyatini oshirish, tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va importni optimallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti haqida», «Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining axboroti haqida», «2021 yilning birinchi yarmida joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining axboroti haqida», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA