Joʻshda yangi shifoxona ochildi
“Obod qishloq” dasturi asosida Joʻsh qishlogʻidagi yigirmaga yaqin maktab va maktab filiallarida rekonstruksiya, taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
“Obod qishloq” dasturi asosida Joʻsh qishlogʻidagi yigirmaga yaqin maktab va maktab filiallarida rekonstruksiya, taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 150 oʻrinli bogʻcha, 150 oʻrinli zamonaviy shifoxona qurilib, zarur jihozlar bilan taʼminlandi.
Dasturga koʻra, Joʻshdagi dehqon bozori ham tubdan yangi qurildi. 1200 savdo rastasiga ega ushbu majmuada olis qishloq aholisiga zamonaviy savdo xizmatlari koʻrsatish uchun shart-sharoit yaratildi. Sharq shirinliklari, barcha joyda xaridorgir Qoʻshrabot mayizi, non va non mahsulotlari, milliy hunarmandlik buyumlari sotish uchun alohida savdo pavilonlari qurilgan. Bozor atrofida esa tadbirkorlarga yuzga yaqin savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari ajratilib, ular bir xil loyiha asosida bunyod etildi.
Bir necha asrlik tarixga ega Joʻsh ota masjid majmuasi taʼmirlandi.
Keng jamoatchilik vakillari shu va boshqa obyektlar bilan tanishdi.







