Jizzaxda test sinovlariga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda
Jizzax viloyatida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari Jizzax shahridagi “Soʻgʻdiyona” markaziy sport majmuasida oʻtkaziladi.
Jizzax viloyatida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari Jizzax shahridagi “Soʻgʻdiyona” markaziy sport majmuasida oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazish uchun majmuaning 2 ta stadioni va mashgʻulot maydoni hududidan abituriyentlar uchun joy tayyorlanmoqda. Test sinovlari oʻtkaziladigan joylarni shartli ravishda 3 ta blokka ajratildi.
Maʼlumki, oʻtgan oʻquv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga respublikaning qaysi oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirishidan qatʼiy nazar test sinovlarida oʻzi doimiy yashab turgan hudud markazida yoki oʻziga qulay boʻlgan boshqa hududda test sinovlarida ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratilgan. 2020/2021 oʻquv yili uchun Jizzax viloyatida test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar 70 ming 743 nafarni tashkil qilmoqda. Agar bir kunda 2 smenada 6 ming 480 nafar abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etsa, viloyatda test sinovlarini 11 kunda yakunlash imkoniyati mavjud.
– Test sinovlari jarayonida shaffoflik, adolat mezonlari albatta taʼminlanadi. Abituriyentlar stadionlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun shaxsini identifikatsiyalash vositalari yordamida tekshirilib kiritilishi barcha texnik vositalar tayyorlanayotir.
Test sinovlari jarayoni uzluksiz videokuzatuvlar ostida oʻtadi va jarayonlar onlayn namoyish etiladi. Hozirgacha test sinovlari oʻtkaziladigan joylarga jami 100 dan ortiq videokuzatuv qurilmalari, 9 ta videofiksatsiya qurilmalari oʻrnatildi.